HOMIDJON HOMIDIYNING TAZKIRANAVISLIK MAHORATI

Mualliflar

  • Abdulatif LATIPOV O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich magistranti. Toshkent. O`zbekiston Author

DOI:

https://doi.org/10.65164/17spdf60

Kalit so‘zlar:

tazkira, tazkiranavislik, o‘zbek adabiyotshunosligi, filologik tahlil, estetik yondashuv, adabiy portret, mumtoz adabiyot, ma’naviy qadriyatlar

Abstrak

Mazkur maqolada Homidjon Homidiyning “Ko‘hna Sharq darg‘alari” asari tazkiranavislik an’analari va zamonaviy adabiy-estetik yondashuv nuqtayi nazaridan tahlil
qilinadi. Tadqiqotda tazkira janrining mohiyati, uning tarixiy rivoji, o‘zbek adabiyotshunosligidagi o‘rni hamda Homidiy ijodidagi ahamiyati yoritilgan. Asarning an’anaviy
tazkiralardan farqli jihatlarini, ya’ni adabiy portret yaratish, estetik tafakkurni ochib berish va o‘quvchiga ma’naviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini asoslash maqolaning asosiy maqsadidir. Tadqiqot natijasida asar 3 bo‘limdan iborat ekani, unda 74 nafar tarixiy shaxs – shoirlar,
faylasuflar, olimlar, tasavvuf allomalari, davlat arboblari – haqida ma’lumot borligi aniqlandi. Homidiy an’anaviy tazkiralardan farqli o‘laroq to‘rt xil: tarixiy-biografik, filologik, estetikfalsafiy, ma’naviy-g‘oyaviy yondashuvni uyg‘un qo‘llagani, sodda va ommabop uslubni tanlagani
hamda zamondosh olimlarni ham yodga olgani ilmiy jihatdan asoslab berildi. Shuningdek, J.Mahmudov, S.Umarova va M.Omonova tadqiqotlarida Homidiyning tazkiranavislik mahoratiga berilgan baholar tahlil qilindi.

Havolalar

1. Ҳ. Ҳомидий. Кўҳна Шарқ дарғaлари. – Тошкент: Шарқ, 2004. – 352 б.

2. Ҳ. Ҳомидий. Тасаввуф алломалари. – Тошкент: Шарқ, 2004. – 208 б.

3. Ҳ. Ҳомидий. Даҳолар даврасида. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 2018. – 480 б.

4. Mahmudov J., Umarova S. Zamonamiz tazkiranavisi yoxud Piri Hirot Vasiyatiga amal

qilgan alloma. “Mumtoz adabiyotning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiynazariy

anjuman. –Toshkent: 2020. – 49–56-betlar.

5. Omonova M. Tazkiranavislar davomchisi. “Mumtoz adabiyotning dolzarb muammolari”

mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjuman. – Toshkent, 2020. – 63–65-betlar.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-07-15