Jurnal haqida
Maqsad va Qamrov
Jurnalning qamrovi:
“METODIST” jurnali maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta va oliy taʼlim muassasalarida oʻquv fanlarini oʻqitish metodikasi hamda aniq, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar sohalaridagi ilmiy tadqiqot natijalarini yoritishga ixtisoslashgan ilmiy-amaliy davriy nashr hisoblanadi. Jurnal sahifalarida ushbu yoʻnalishlar boʻyicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari, innovatsion gʻoyalar va ilgʻor pedagogik tajribalar, yosh tadqiqotchilar hamda tajribali mutaxassis-olimlarning ilmiy maqolalari nashr etiladi.
Mazkur jurnal aniq, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi hamda taʼlim jarayoniga oid zamonaviy tadqiqotlarni yorituvchi yetakchi ilmiy-amaliy nashrlardan biri sifatida faoliyat yuritadi. Jurnal fanlararo integratsiyani rivojlantirishga, milliy va xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishga, zamonaviy taʼlim muammolarini ilmiy asosda tahlil qilish va ularning amaliy yechimlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Nashr chastotasi
Jurnal doimiy ravishda nashr etiladigan onlayn nashr bo'lib, bosma nashrga muqobil variantga ega emas. Jurnal yiliga 6 marta nashr etiladi. Har bir son har ikki oyda nashr etiladi. Zarur bo'lganda jurnalning maxsus sonlari ham nashr etilishi mumkin.
Maqola tili
Faqat asl, ilgari nashr etilmagan ingliz,rus va o`zbek tilidagi maqolalar qabul qilinadi.
Tahririyat nomi va manzili
Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti ( TAFU); Toshkent shahri, Mirzo Ulug`Bek tumani, Sayram MFY, Sayram ko'chasi, 7 tor ko'chasi, 92-uy Toshkent, 100115, O'zbekiston.
Jurnalning asoschilari:
Toshkent amaliy fanlar universiteti va ushbu universitetning "Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik" bo`limi.
Jurnalning maqsadlari.
Jurnalning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- aniq, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasini rivojlantirish hamda ushbu sohalarda milliy va xorijiy tajribalarni ommalashtirish;
- yosh tadqiqotchilar va yetuk mutaxassislarning ilmiy, innovatsion va pedagogik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ilgʻor gʻoyalar va samarali taʼlim texnologiyalarini keng targʻib etish;
- oʻzbek tili va adabiyoti, davlat tili, chet tillar taʼlimi, shuningdek aniq, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya yoʻnalishlarida ilgari surilayotgan innovatsion gʻoyalar va ilmiy natijalarni jamoatchilikka taqdim etish hamda ularni ilmiy tahlil qilish;
- taʼlim sohasida dolzarb muammolar yuzasidan ilmiy-amaliy bahs-munozaralarni rivojlantirish, milliy va xalqaro miqyosda tajriba almashish uchun ilmiy maydon yaratish;
- taʼlim jarayonida fanlararo integratsiyani rivojlantirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni tahlil qilish hamda ularni taʼlim amaliyotiga joriy etishga koʻmaklashish.
Jurnalning tematik sohalari:
“METODIST” jurnalida aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va amaliy fanlarni oʻqitish metodikasi, pedagogika, psixologiya hamda taʼlim jarayoniga oid dolzarb ilmiy-nazariy va amaliy masalalarga bagʻishlangan maqolalar nashr etiladi. Jurnal quyidagi tematik yoʻnalishlar boʻyicha materiallarni qabul qiladi:
- oʻzbek (ona) tili, davlat (oʻzbek) tili va adabiyot taʼlimi metodikasi;
- tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalaridagi zamonaviy tadqiqotlar, nazariy qarashlar va innovatsiyalar;
- aniq, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi hamda ushbu fanlardagi zamonaviy yondashuvlar;
- pedagogika va psixologiya fanlaridagi yangiliklar hamda ularning taʼlim va tarbiya jarayoniga tatbiqi;
- taʼlim jarayonida fanlararo integratsiya va innovatsion pedagogik texnologiyalar;
- raqamli taʼlim texnologiyalari, masofaviy taʼlim va sunʼiy intellekt vositalaridan taʼlimda foydalanish masalalari;
- taʼlim sifatini baholash, diagnostika, monitoring va testologiya masalalari;
- xorijiy taʼlim tajribasi, qiyosiy tadqiqotlar va ilgʻor pedagogik amaliyotlar;
- oʻquv adabiyotlari, darsliklar va didaktik materiallar yaratish metodikasi;
- maktabgacha, umumiy oʻrta va oliy taʼlim tizimida taʼlim va tarbiya masalalari hamda maʼnaviy tarbiya yoʻnalishlari;
- oʻqituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish va uzluksiz kasbiy taʼlim masalalari;
- inkluziv, maxsus va sanʼat taʼlimi yoʻnalishidagi muammolar hamda ularning metodik jihatlari;
- musiqa, tasviriy sanʼat taʼlimi metodikasi va pedagogikasining dolzarb muammolari;
- STEAM taʼlimi va zamonaviy innovatsion pedagogik yondashuvlar.
Indeksatsiya
Crossref DOI
“METODIST” jurnalidagi maqolalar CROSSREF maʼlumotlar bazasida roʻyxatga olingan va har bir muallif maqolasiga DOI – obyektning raqamli identifikatori beriladi. U elektron hujjatlarga havolani, havola va chiqishni taʼminlash uchun xizmat qiladi. Tahririyat Crossref DOI ning rasmiy aʼzosi boʻlib, DOI prefiksi 10.65164ga ega.
Google Scholar
Jurnal Google Scholar maʼlumotlar bazasida indekslangan. Bu jurnalning ilmiy obroʻsini oshirishga yordam beradi va mualliflarning ilmiy ishlarini keng miqyosda targʻib qiladi. Google Scholar orqali tadqiqotchilar va olimlar “METODIST”da chop etilgan maqolalarni qidirish va ularga havolalar berish imkoniyatiga ega boʻladilar.
“METODIST” jurnali shuningdek, oʻquvchilar va barcha ilmiy foydalanuvchilar uchun ochiq kirish imkoniyatiga ega boʻlgan quyidagi havolada https://metodist.net/index.php/metodist/en da joylashtirilgan.
Jurnal tahririyatiga oʻzbekistonlik va xorijiy yetakchi metodist olimlar kiritilgan. Jurnal maʼlumotlarning ochiqligi siyosatiga amal qiladi, maqolalar jurnal veb-saytida uch tilda toʻliq matnli kirishda joylashtiriladi.
Aloqa ma'lumotlari:
Ilmiy jurnalning texnik muharriri – Rasulov Namozbek
Telefon: +998 90 8070041
Telegram profili: https://t.me/Ekolingvist1


