O‘QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHGA O‘RGATISHDA O‘QUV MATERIALINING O‘QISHLILIK DARAJASI
DOI:
https://doi.org/10.65164/gyepmz71Kalit so‘zlar:
mantiqiy, fikrlash, adabiyot, tahlil, maktab, flesh indeks.Abstrak
Maqolada oʻquvchilarni mantiqiy fikrlashga oʻrgatishda zarur boʻladigan
didaktik vositalar haqida haqida soʻz boradi. Oʻquv materialining ahamiyatiga urgʻu beriladi.
Olingan bilimlar foydaligi oʻquvchilar kelajakda qanday foydalana olishlari darajasida boʻladi.
Oʻquvchilarda mantiqiy fikrlashni shakllantirishda oʻqituvchi omili va oʻquv materiali masalasi
dolzarblik kasb etadi. Bularsiz oʻquvchida mantiqiy fikrlashning shakllanishi imkonsiz
hisoblanadi.
Oʻquv fani maqsadi, yosh psixologiyasimi hisobga olib tanlangan oʻqib materiali oʻquvchini
mantiqiy fikrlashga qulay “maydon” boʻlishi zarur. Oʻqishlilik darajasi talablariga ham mos
kelishi taʼkidlanadi. Dunyo taʼlim sohasida qoʻllanib kelinayotgan Flesh indeksini oʻzbek
adabiyoti metodikasida qoʻllash uchun tavsiyalar beriladi. Ilk marta oʻzbek tili uchun tavsiya
etilayotgan oqishlilik indeksini qay tarzda qoʻllash yoʻllari yozilgan.
Oʻqishlilik indeksi – matnni anglashning murakkablik darajasini aniqlash oʻlchovi.
Oʻqishlilik indeksi bir necha parametrlar asosiga koʻra hisoblanadi, masalan: poligrafiya (nashr
ishlari) jihatidan (harflarning hajmi oʻlchovi, rangning och yo toʻqligi, yorqinlik darajasi,
sahifaning oʻlchovi kabilar), semantik va stilistik jihati (matndagi sodda va qoʻshma gaplar
miqdori, gapdagi soʻzlar soni, soʻzlardagi boʻgʻinlar soni, tez-tez yoki kam uchraydigan
soʻzlarning solishtirma soni, neologizm va jargonlar miqdori) kabilar. Flesh indeksini oʻzbek
tilidagi matnlar uchun tatbiq etishda uni ingliz tili uchun ishlab chiqilganligini inobatga olish
lozim. Har bir tilning oʻziga xos grammatik qurilishi boʻlib, ingliz tili uchun yaratilgan oson oʻqish
indeksini oʻzbek tiliga tatbiq qilishda tillarning tuzilishini solishtirib koʻrish toʻgʻri boʻladi.
Havolalar
1. Baltayeva A.T. Adabiyot darslarida o‘quvchilarni badiiy asar qahramonlarini tanqidiy
baholashga o‘rgatish texnologiyasi. Ped. fan. fals. dok. (PhD). ... diss. - Toshkent, 2020. – 166 b.
2. Erkayev A. Tafakkur erkinligi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007. – 160 b.
3. G‘oziyev E. Tafakkur psixologiyasi. – Toshkent, 2002. – 180 b.
4. Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T., 2022. – 428 b.
5. Kadirova N. O. Adabiy ta’limda o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirish
muammosi. Ped. fan. fals. dok. (PhD)…diss. –Toshkent, 2024. –155 b.
6. Nishanova Z. T. Mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirishning psixologik asoslari. Psix.
fan. dok. diss. – Toshkent, 2005. – 391 b.
7. Qozoqboy Yo‘ldosh. Zamonaviy o‘zbek nasri yoki esselashgan tafakkur // Til va adabiyot
ta’limi. – Toshkent, – 2011. – № 8. – 60–68-b.
8. Toshpo‘latova A.T. O‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Ped.
fan. fals. dok. (PhD) ... diss. – Samarqand, 2019. – 156 b.
9. Xodjayev B. O‘quvchilarda tarixiy tafakkurni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari.
// Psixologiya ilmiy jurnal. – 2017. – № 4. – 82–90-b.
10. Xodjayev B. Umumta’lim maktabi o‘quvchilarining mustaqil fikrlashini shakllantirish.
Ped. fan. nom. diss. – Toshkent, 2009. – 110 b.
11. Xodjiyeva F. O. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish. Ped. fan. nom. diss. –
Navoiy, 2008. – 194 b.
12. Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2010. – 353 b.
13. Ziyodova T. Mustaqil fikrlashga o‘rgatish. – Toshkent, 2001. – 256 b.
14. Загашев И. О., Заир-Бек С. И., Муштавинская И. В. Учем детей мыслить
критически. – СПБ.: Алянс Дельта собм. с издателством Реч, 2003. – 192 с.
15. https://timeweb.com/ru/community/articles/formula-ocenki-legkosti-chteniya-doktoraflesha.
Nashr qilingan
Son
Bo'lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 «METODIST» Ilmiy-Innovatsion, Metodik Jurnali

Ushbu asar Creative Commons Atribut-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 Xalqaro Litsenziyasi ostida litsenziyalangan.


